
Qandli diabet bemorlarda klimakterik sindrom davosiga yangi yondashuv
Qandli diabetda bemorlarda klimakterik sindromni davolashda diffrensial diagnostika xozirgi muhim masalalardandir
Versandkostenfrei!
Versandfertig in 6-10 Tagen
39,99 €
inkl. MwSt.
				PAYBACK Punkte
				
20 °P sammeln!
				Hozirgi vaqtda qandli diabet (QD) ko'plab mamlakatlarda sog'liqni saqlashning ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib, ushbu kasallik bilan kasallanganlar soni 366 million kishini tashkil etadi [1]. Bundan tashqari, bemorlarning aksariyati (95%) 2-tip diabet bilan og'rigan bemorlardir. Qandli diabetning ma'naviy va ijtimoiy yuki asosan makro- va mikroangiopatiyalar, shuningdek, bemorlarning hayot davomiyligi va sifatini sezilarli darajada kamaytiradigan neyropatiyalarning rivojlanishi bilan bog'liq. 2-tipdiabetning patogenezi ikkita asosiy mexanizm bilan belgilanadi: insulin rezistentligi va b - ...
Hozirgi vaqtda qandli diabet (QD) ko'plab mamlakatlarda sog'liqni saqlashning ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib, ushbu kasallik bilan kasallanganlar soni 366 million kishini tashkil etadi [1]. Bundan tashqari, bemorlarning aksariyati (95%) 2-tip diabet bilan og'rigan bemorlardir. Qandli diabetning ma'naviy va ijtimoiy yuki asosan makro- va mikroangiopatiyalar, shuningdek, bemorlarning hayot davomiyligi va sifatini sezilarli darajada kamaytiradigan neyropatiyalarning rivojlanishi bilan bog'liq. 2-tipdiabetning patogenezi ikkita asosiy mexanizm bilan belgilanadi: insulin rezistentligi va b - hujayralarning disfunktsiyasi. Zamonaviy ayol hayotining uchdan bir qismini postmenopauzaal holatda o'tkazadi va aynan shu yosh toifasida 2-tip qandlidiabet va semirishning yuqori tarqalishi mavjud bo'lib, ularni "menopauzadagi metabolik sindrom" tushunchasi ostida birlashtirish mumkin. So'nggi yillarda menopauza sindromining erta va kech ko'rinishlarini tuzatish bilan gormonlarni o'rin bosuvchi terapiyasini (O'GT) klinik amaliyotga faol joriy etish nafaqat sog'lom ayollarda, balki endokrin kasalliklarga chalingan bemorlarda ham mumkin bo'ldi.
     
					 
					 
					 
					 
					 
					 
					 
					 
					